Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylash va saylanish huquqi ta’minlanmoqda

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylash va saylanish huquqi ta’minlanmoqda

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi.

Bu borada tegishli qonun bilan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjatga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring