Toshkent xalqaro aeroportida maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda
Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlandi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Bunda poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun qulay muhitni tashkil etish uchun tiflotexnik vositalar, barcha toifadagi nogironlar foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot vositalari (Brayl alifbosi, audioyozuvlar, ko‘rish va eshitish qobiliyati zaiflar uchun maxsus vositalar, surdo-tarjimon, maxsus videolar uchun ekran), taktil piktogrammalar va indikatorlar, tovush va taktil mimik diagrammalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari bilan jihozlanmoqda.
Taktil yer belgilari passiv texnik signalizatsiya vositalari bo‘lib, xavfsiz yo‘nalishlarni, ularning boshlang‘ich nuqtalarini va yo‘nalishning o‘zgarishini ko‘rsatish, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif odamlarni terminallar va uning atrofidagi yo‘nalishlardagi to‘siqlar va xavfli joylar haqida ogohlantirish uchun qo‘llaniladi.
Aeroport terminallariga kirish joylarida yordam chaqirish tugmalari ham o‘rnatiladi — imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar yoki qo‘shimcha yordamga muhtojlar yo‘lovchilarga kerakli yordamni ko‘rsatish uchun zarur jihozlar (nogironlar aravachasi, zambil va boshqalar) bilan qurollangan aeroport xodimlarini chaqirishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter