Belgilangan ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi
Hokimliklar 2024-yil 1-dekabrgacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida belgilangan ro‘yxatga muvofiq ko‘chalarni moslashtiradi.
Bu borada joriy yil 18-iyul kuni Prezidentning PQ-266-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, hokimliklar har yili 1-noyabrgacha keyingi yil uchun o‘zining hududidagi kamida bittadan ko‘chani nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uning qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi.
2026-yil 1-yanvargacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to‘siqlarsiz muhit yaratilgan ob’yektlarni aniqlash imkonini beruvchi «Interaktiv xarita» axborot tizimi ishga tushiriladi.
2024-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo‘lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.
Ushbu talab kuchga kirgunigacha tenderda g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan qoplab beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter