MKBANK xayrli tashabbusni boshladi

«Dolzarb bir oylik» loyihasini mevali daraxt ko‘chatlari tarqatish bilan boshladi.
2025 yil 11 martdan boshlab mamlakatimizda «Dolzarb bir oylik» safarbarligi e’lon qilindi.
«Mikrokreditbank» axborot xizmatining xabar berishicha, bank tomonidan amaliy tashabbuslar jadallik bilan boshlab yuborilgan.
Jumladan, «Bir mahalla – bir mahsulot» hamda ijara yerlarida «Bir kontur – bir mahsulot» tamoyillari asosida serdaromad ekinlarni ekish, shuningdek, «Yashil makon» loyihasi doirasida «Mikrokreditbank» homiyligida kam ta’minlangan oilalarga mevali daraxt ko‘chatlarini yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu yo‘nalishdagi muhim tadbirlardan biri Buxoro viloyatida o‘tkazildi. Viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, aholining shaxsiy tomorqalaridan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida 380 ta xonadonga 10 ming tup gilos, shaftoli, o‘rik va olxo‘ri kabi mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.
«Dolzarb bir oylik» doirasida respublikamizning barcha hududlarida bank homiyligida ko‘chat yekish ishlari izchil davom etmoqda. Bu tashabbus aholi daromadlarini oshirish, ekologiyani yaxshilash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter