Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maydalab yirtib tashlagan pullarni tiklashga 22 kun sarflandi

Maydalab yirtib tashlagan pullarni tiklashga 22 kun sarflandi

Foto: Baidu

Xitoydagi bank xodimlari depressiya holatidagi ayol maydalab yirtib tashlagan qog‘oz pullarni tiklashga 22 kun sarflashdi. Beijing Youth Daily gazetasi yozishicha, xitoylik Chjan familiyali ayol yirtilgan pullarni Yunnan provinsiyasidagi Xitoy sanoat-tijorat bankiga olib kelgan.

Uning aytishicha, bu pullarni besh yil avval og‘ir depressiyaga tushgan kelini maydalab tashlagan ekan. Uning vafotidan so‘ng oilasida moliyaviy yetishmovchilik sabab qaynonasi pullarni almashtirib berishni so‘rab banklarga murojaat qildi. Ammo ularning ko‘pi rad javobini bergan.

Xitoy sanoat-tijorat bankining to‘rt nafar xodimi esa ayolga yordam berishga kirishdi. Jami 32 000 yuan ($4500)ga teng qog‘oz pullarni yig‘ib, yelimlab chiqishga naq 22 kun ketdi. Uch nominaldagi kupyuralarning parchalarini to‘g‘ri yig‘ish uchun lupalardan foydalanishdi. Ayrim yirtilgan pul bo‘laklari kattaligi 1,5 santimetrdan ham oshmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring