Xitoyning boshqariladigan fazo kemasi orbitaga parvoz qildi
Xitoy boshqariladigan «Shenchjou-19» kemasini fazoga uchirdi. Uning bortida uch nafar taykonavt (fazogir) bor.
«Shenchjou-19» aniq belgilangan orbitaga yetib borib, quyosh yelkanlari ochildi, kema me’yordagidek ishlamoqda. Parvozni muvaffaqiyatli deb e’lon qilaman», — deya bayonot berdi Szyusyuan kosmodromi parvozlar markazi rahbari Szou Lipen.
Fazo kemasiga Toshkent vaqti bilan 30-oktyabr soat 01:27 da Szyusyuan kosmodromida start berildi. U Yer sirtidan 400 km balandlikdagi 66 tonnali «Tyangun» stansiyasiga borib qo‘shildi.
Uch kishiga mo‘ljallangan ushbu stansiya 2022-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2032-yilgacha faoliyat yuritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter