Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi

Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi

«Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to‘g‘risida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:

  • kripto-birja uchun – 73 400;
  • mayning-pul uchun – 3 000;
  • kripto-depozitariy uchun – 7 000;
  • kripto-do‘kon uchun – 3 700.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring