Kredit tarixiga kirishni cheklash mumkin bo‘ldi (video)
Yagona (my.gov.uz) portalda yangi — kredit tarixiga kirishni cheklab qo‘yish xizmati sinov tartibida ishga tushirildi.
Endi siz o‘z kredit tarixingizga kirishni cheklab qo‘yishingiz mumkin. Bu degani, hech kim sizning ruxsatingizsiz nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi.
Buning uchun:
- gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar bo‘limiga o‘tasiz;
- Tegishli xizmatni tanlaysiz;
- SMS-xabarnoma xizmatini yoqasiz;
- Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtirasiz.
Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul.
Bu nima uchun muhim?
Avvalo, shaxsiy ma’lumotlaringiz himoya ostida bo‘ladi.
Kredit tarixingizni o‘zingiz nazorat qilasiz.
Firibgarlik va noqonuniy harakatlarning oldini oladi.
Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter