Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi sotib olingan uyning egasi «yemagan somsasi»ga pul to‘ladi

Yangi sotib olingan uyning egasi «yemagan somsasi»ga pul to‘ladi

Andijon shahridan uy sotib olgan fuqaro uning hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib, sotuvchiga xonadonning haqini to‘lab qo‘ygan. Notarial idoraga borgach esa, uy taqiqdaligini va o‘z nomiga hujjatlashtirib ololmasligini bilgan.

Sababi, uyni sotgan fuqaroning bankdan 30 mln so‘mdan ortiq kredit qarzi mavjud bo‘lsa-da, Byuro xodimlari ogohlantirishlariga qaramay, to‘lamasdan kelgan. Oqibatda, qarzdorga tegishli ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan.

Uyni sotib olgan fuqaro esa ushbu uyni qo‘ldan boy bermaslik uchun sotuvchining bank oldidagi qarzlarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Shunday qilib, M.S.ning «Agrobank» Andijon viloyat filiali oldidagi 30 289 264 so‘m qarzdorligi to‘liq qoplandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring