Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelesdagi bog‘chada jinsiy tegajog‘lik qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kelesdagi bog‘chada jinsiy tegajog‘lik qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati, Keles shahrida yashovchi K.T. tomonidan uning 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bog‘chasida jinsiy tegajog‘liq sodir etilganligi haqida murojaat kelib tushgan.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘rganishi natijasida Keles shahridagi xususiy bog‘chada bo‘lgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinganligi yuzasidan 2023 yil 15 dekabrda JKning 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, aniqlanishicha, Toshkent tumani, Keles yo‘li ko‘chasida Z.X. o‘zi yashab kelayotgan uyida 2023 yil 1 dekabrdan boshlab, tegishli ravishda ruxsatnoma olmasdan, hech qanday litsenziyasiz bolalar bog‘chasi tashkil etgan.

Toshkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ushbu xonadon o‘rganilganda, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi va bog‘chada ishlagan G.Q., Z.X lar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlangan.

Jinoyat ishini tergovi davomida fuqaro Z.X ning litsenziya olmasdan maktabgacha ta’lim muassasasi ochib faoliyat ko‘rsatganligi holatiga ham huquqiy baho berilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring