Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadaga qo‘nayotgan yo‘lovchi samolyoti ag‘darilib ketdi

Kanadaga qo‘nayotgan yo‘lovchi samolyoti ag‘darilib ketdi

Foto: Chronicle Live

Delta Airlines aviakompaniyasining Bombardier yo‘lovchi samolyoti Kanadaning Toronta shahri aeroportiga qo‘nish paytida ag‘darilib ketdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 17-fevral soat 14:45 da (bizning vaqt bilan 18-fevral 00:45 da) sodir bo‘lgan.

Minneapolis (AQSh)dan uchib kelgan ushbu samolyot bortida 80 kishi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 15 kishi jarohat olgan, ulardan uch nafari, jumladan, bir bola og‘ir ahvolda.

ABC News telekanaliga ko‘ra, baxtsiz hodisa aniq sababi hozircha ma’lum emas, biroq samolyot kuchli qor bo‘roni tufayli ag‘darilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Samolyot qo‘nayotgan paytda shamolning tezligi yerda 65 km/soat atrofida, yuqorida yanada kuchliroq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring