Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil «aksil-isroil siyosati tufayli» Dublindagi elchixonasini yopadi

Isroil «aksil-isroil siyosati tufayli» Dublindagi elchixonasini yopadi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar yakshanba kuni Irlandiya hukumatining «anti-isroil siyosati» tufayli elchixonasini yopishini ma’lum qildi.

«Irlandiya hukumatining aksil-isroil siyosati yahudiy davlatiga nisbataikki xil standartlarga asoslangan. Ushbu davlat Isroil bilan munosabatlardagi barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tdi», – deydi Isroil tashqi ishlar vaziri.

O‘z navbatida, Irlandiya rasmiylari Tel-Aviv qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan.

«Isroil hukumatining Dublindagi elchixonasini yopish qaroridan qattiq hayratdaman. Irlandiya Isroilga qarshi degan fikrni esa qat’iyan rad etaman. Irlandiya tinchlik, inson huquqlari va xalqaro huquq tarafdori», - dedi Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris.

Shu bilan birga, u Dublin G‘azodagi urushni tezroq tugatish tarafdori ekanini ta’kidladi.

«G‘azoda urushning davom etishi va begunoh odamlarning qurbon bo‘lishini shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi va xalqaro huquqqa ziddir. Bu G‘azodagi Falastin xalqining jamoaviy jazolanishini ifodalaydi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 2024 yil may oyida rasmiy Dublin Falastin mustaqilligini tan olganidan keyin Isroil Irlandiyadagi elchisini chaqirib olgan edi. Dekabr oyi boshida esa Irlandiya bir yil avval Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi Xalqaro Sudga kiritgan falastinliklarga qarshi genotsid to‘g‘risidagi da’vosiga qo‘shilishini ma’lum qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring