Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin
Ilon Mask zamonaviy tarixda 400 milliard dollardan ortiq boylikning birinchi egasiga aylandi.
11 dekabr holatiga ko‘ra, amerikalik tadbirkorning umumiy boyligi Bloomberg Billionaire Index ma’lumotlariga ko‘ra, 447 milliard dollarga baholangan. Dunyoning eng badavlat odamlari reytingida unga eng yaqin raqib esa Amazon asoschisi Jeff Bezos bo‘lib, uning boyligi 249 milliard dollarga yetgan.
CNN’ning aytishicha, Mask SpaceX aksiyalarining insayder savdosi orqali taxminan 20 milliard dollar ishlab olgan. Shu fonda kosmik startapning umumiy bahosi 350 milliard dollarga yetdi.
Bundan tashqari, Tesla kotirovkalari yana bir bor rekordini yangiladi. Chorshanba kuni birjalar yopilishida avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalari 424 dollarga sotildi, kapitallashuvi esa 1,33 trillion dollarni tashkil etdi.
Donald Tramp ikkinchi muddatga AQSh prezidenti etib saylanganidan keyingi muddatda, ya’ni o‘tgan besh hafta ichida esa Tesla aksiyalari 65 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, Maskning sun’iy intellekt loyihasi xAI yangi sarmoya raundida 50 milliard dollarga baholandi.
Tahlilchilarning fikricha, sarmoyadorlar Maskning Oq uyga yaqinligi va ma’muriyat qarorlariga muhim sohalarda – masalan, koinotni o‘rganishda ta’sir o‘tkazish qobiliyati tufayli uning aktivlarining yanada o‘sishiga pul tikishmoqda. Saylovlardan keyin tadbirkorning boyligi 136 milliard dollarga oshgan.
Informa Connect Academy tadqiqot guruhi hisobotiga ko‘ra, Ilon Mask 2027-yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter