Ikki alpinist Everestda g‘oyib bo‘ldi
Mo‘g‘ul alpinistlari Everest cho‘qqisida bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda CentralAsia.
Alpinistlar Purevsuren Lxagvjargal va Pүrevsүren Lxagvajav qo‘shimcha kislorod ishlatmasdan cho‘qqiga chiqishga harakat qilishgan. Sportchilar 8000 metr balandlikka ko‘tarilgach, ular bilan aloqa uzilgan.
Ular bilan ikki kundan beri aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmayapti. Yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
«8K Expeditions» gidlar xizmati kompaniyasi direktori Pemba Sherpaning aytishicha, alpinistlar cho‘qqiga mustaqil o‘zlari ko‘tarilishgan.
«Ular toqqa chiqishda gidlarni yollashdan bosh tortishdi», dedi u.
Dunyodagi eng baland Everest (Jomolungma) cho‘qqisi ko‘plab alpinistlar uchun zabt etish orzu bo‘lgan maskan hisoblanadi. Ma’lum vaqt davomida cho‘qqini zabt etish ishtiyoqida bo‘lganlarning 300 nafardan ortig‘i halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter