Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

Britaniyalik Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etib rekord o‘rnatdi

Adriana Braunli.

Foto: Sky News

Britaniyalik 23 yoshli Adriana Braunli dunyoning eng baland 14 cho‘qqisini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi, deb xabar berdi Sky News.

Mo‘ljaldagi so‘nggi nishon — Tibetdagi Shishapangma cho‘qqisini 9-oktyabr kuni ishg‘ol qilgan Adriana Braunli quvonganidan yig‘lab yubordi. Chunki 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqini zabt etish — har qanday alpinistning orzusidir.

Adriana Braunli. Foto: Yahoo News UK

2021-yilning mayida, 20 yoshida Everestni zabt etgan Adriana keyingi uch yil davomida qolgan «sakkiz mingliklar»ni birin-ketin ishg‘ol qildi.

Dengiz sathidan 8000 metrdan baland cho‘qqilar dunyoda 14 ta bo‘lib, barchasi Nepal, Tibet (Xitoy), Hindiston va Pokiston hududlaridagi Himoliy va Qoraqurum tog‘larida joylashgan. Jomolungma (Everest) — 8 849 m, Chogori (K2) — 8 611 m, Dxaulagiri — 8167 m, Nangaparbat — 8126 m shular jumlasiga kiradi.

Dunyoning eng baland 14 cho‘qqisi

Avvalroq nepallik 18 yoshli Nima Rinji Sherpa balandligi 8 ming metrdan baland 14 ta cho‘qqining barchasini zabt etgan eng yosh alpinistga aylangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring