Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh nafar rossiyalik alpinist Nepalda halok bo‘ldi

Besh nafar rossiyalik alpinist Nepalda halok bo‘ldi

Foto: Topor Live

Nepaldagi Dxaulagiri tog‘ini zabt etishga otlangan rossiyalik alpinistlar halok bo‘ldi.

Aleksandr Dusheyko, Oleg Kruglov, Vladimir Chistikov, Mixail Nosenko va Dmitriy Shpilevoy toqqa chiqish jarayonida 6-oktyabr kuni bedarak yo‘qolgan edi.

Ikki kundan so‘ng qutqaruv vertolyoti yordamida ularning jasadi 7100 metr balandlikda topilgan.

Hozircha olingan ma’lumotga ko‘ra, alpinistlar toqqa ko‘tarilish jarayonida pastga qulagan.

The Himalayan Times yozishicha, guruhning oltinchi a’zosi, toqqa chiqmaslikka qaror qilgan Valeriy Shamalo alpinistlar lageridan Katmanduga keltirilgan.

Dxaulagiri — Himolaydagi shu nomli tog‘ tizmasining eng yuqori cho‘qqisi.  Balandligi — 8167 metr, dunyoda 7-o‘rinda turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring