Amerikalik uyidan chiqmasdan Everestni zabt etdi
AQShning Las-Vegas shahrida yashovchi Shon Grizli Everest balandligiga tez chiqib tushish bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi. Buning uchun u o‘z uyidagi zinadan 22 soat va 57 daqiqa davomida tinmay chiqib tushdi.
Shu tariqa Grizli 8800 metr, ya’ni jahonning eng baland Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga teng masofani bosib o‘tdi. «Everest»ga chiqish jarayonini u ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirga uzatdi.
«Oldin hech kim bu ishni qilmagan ekan, shuning uchun shu rekordni o‘rnatishga ahd qildim», — dedi Grizli.
U aksiyadan maqsad mental muammolardan aziyat chekayotgan odamlar uchun mablag‘ to‘plash ekanini ham qo‘shimcha qildi.
«Vaqtida menda ham ruhiy muammolar bo‘lgan, shuning uchun bu xayriya qalbimga yaqin», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter