Filippin osmonida asteroid yonib ketdi
4 sentyabr oqshomida bizning vaqt bilan soat 21:30 da Yer atmosferasiga kirib kelgan diametri 1,5 metrli asteroid Filippin osmonida yonib ketdi.
Astronom Surdinning yozishicha, «ob’yekt atmosferada havo molekulalari bilan ishqalanish natijasida yonib, yorqin iz — meteor yoki «qulayotgan yulduz» effektini hosil qilgan.
E’tiborli jihati, asteroid Yer atmosferasiga kirishiga atigi 12 soat qolganida Maunt-Lemmon (AQSh, Arizona shtati) observatoriyasi xodimlari tomonidan aniqlangan. Bu kuzatuvlar tarixidagi Yerga yaqinlashayotgani oldindan aniqlangan to‘qqizinchi fazoviy jism hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter