Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qalbaki dori yasaydigan yashirin sexlar aniqlandi

Farg‘onada qalbaki dori yasaydigan yashirin sexlar aniqlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda xonadonlardagi yashirin sexlarda bir necha nomdagi dorilar qalbakilashtirilayotgani fosh qilindi.

Xususan, dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan «Kaspargin», «Piratsetam», «Deksamitazon», «Askorbin kislotasi» kabi ampula shaklidagi dori vositalarining yozuvi, qadog‘i va yorliqlari o‘zgartirilib, ampulalarni esa bo‘yash orqali dorixonalardagi qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan «L-Lizin Essinat», «Tiotsetam», «Midokalm», «Retobolil», «Diprospan» va «Aktovegen» kabi dorilar nomiga o‘zgartirilgan.

Ekspertiza dori vositalari qalbakilashtirilganligi, ularning muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligini tasdiqladi.

Tezkor tadbirlar davomida yashirin sehda aniqlangan dorilarning umumiy qiymati  89 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, ularni qalbakalashtirish orqali savdoga chiqarib, 625 mln. so‘mgacha sotilishi mumkin edi.

Mo‘may daromad ilinjida yurtdoshlarimizni hech ikkilanmay nafaqat ortiqcha sarf-harajatga, balki salomatligini ham jiddiy xavf ostiga qo‘yayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring