Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyma oltinlarni olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Quyma oltinlarni olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali O‘zbekistondan qadimiy tangalar va quyma oltin bo‘laklarini kosmetika kremi ichiga yashirgan holda olib chiqishga bo‘lgan urinish naf bermadi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xorijiy mamlakatga uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l sumkasi xodimlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy og‘irligi 187 gramm bo‘lgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar uddaburonlik bilan kosmetika kremi ichiga yashirilganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning yonidan  og‘irligi 20 gramm bo‘lgan  quyma tilla uzuk ham topilgan.

«Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq, rezident va norezident jismoniy shaxslarga - qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Shuningdek, yaratilganiga ellik yildan oshgan madaniy boyliklarni respublika  hududidan olib chiqish mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring