Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona organlarida o‘tgan 9 oyda qariyb 900 kilo giyohvandlik vositalari aniqlangan

Bojxona organlarida o‘tgan 9 oyda qariyb 900 kilo giyohvandlik vositalari aniqlangan

Bojxona organlarida joriy yilning o‘tgan davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Shuningdek, bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 59 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolindi.

O‘tgan 9 oy davomida rasmiylashtirilgan 754 mingta bojxona yuk deklaratsiyalarining 15 foizi inson omilisiz avtomatik ravishda rasmiylashtirildi, eksportda bu ko‘rsatkich 41 foizga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring