Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘quvchilar poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘ldi: ularni 27 ming kuchlanishli tok urgan

Farg‘onada o‘quvchilar poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘ldi: ularni 27 ming kuchlanishli tok urgan

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki yigitni 27 ming voltli tok urdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 17-sentyabr kuni Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari poyezd ustiga chiqib selfi tushishni istab qoladi. Ular Uchko‘prik tumanidagi «Qaqir» temiryo‘l bekatiga borib, bug‘doy yuklanadigan vagon ustiga chiqadi va oqibatda ulardan ikki nafarini yuqori kuchlanishli elektr toki uradi.

Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Ulardan biri jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan, tanasining 65 foiz kuygani aytilmoqda. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng oyoq son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan va yashash joyiga davolanishga o‘tkazilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, o‘quvchilar temiryo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring