Yevroittifoqchilar Xalqaro valyuta jamg‘armasining qaroridan hayratda
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning Rossiyaga iqtisodiy vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berish haqidagi qarori Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlariga g‘alati tuyuldi, deb yozdi Bloomberg.
Nashrga ko‘ra, Fransiya, Belgiya, Polsha hamda Boltiqbo‘yi va Shimoliy Yevropaning ayrim mamlakatlari vakillari XVJning Moskva bilan dialogni tiklash qaroridan hayratda ekanliklarini bildirishgan.
Litva elchisi Fransiyadagi uchrashuvda aytishicha, uning mamlakati XVJ raisi Kristalina Georgiyevaga tegishli savollarni bermoqchi. G‘arb Rossiyani yakkalashga urinayotgan bir pallada, Xalqaro valyuta jamg‘armasining bu qadami prezident Putinga yordam qo‘lini cho‘zishga barobardir, dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter