Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on XXI asrning eng qimmat resursi nimaligini aytdi

Erdo‘g‘on XXI asrning eng qimmat resursi nimaligini aytdi

Foto: Xalq Cəbhəsi Qəzeti

Kelajakda jiddiy kurash kechadigan eng muhim strategik resurs — suv. Silvan irrigatsiya tunneli qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda qatnashgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shuni ta’kidladi.

Turkiya uzoq yillar nobarqarorlik va nizolardan aziyat chekdi va buyog‘iga mintaqada yangi inqirozlar paydo bo‘lishini istamaydi. Suriya shimoli va Iroqda o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar bilan mamlakat terrorizmning boshini yanchishga yaqinlashdi. Endi yangi bosqich boshlanmoqda, dedi Erdo‘g‘on.

Biroq, uning ta’kidlashicha, kelajakda kurash neft uchun emas, balki XXI asrning eng qimmat resursi — suv uchun kechadi.

«Turkiya — suvga mo‘l mamlakat emas. Biz suv taqchilligi sharoitida yashayapmiz. Agar biron chora ko‘rmasak, yanada jiddiy muammolarga yo‘liqamiz», — dedi Erdo‘g‘on.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring