Turk seriallarini Turkiyada taqiqlash taklif qilindi

Turkiyadagi teleseriallar va tonggi shou-dasturlar an’anaviy oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda, dedi deputat, Baxt (Saadet) partiyasi raisi Mahmut Arikan.
«Bunday teledasturlar efirdan olib tashlanishini istaymiz. Ularga qarshi kurashishning yagona chorasi — taqiqlash», — Arikanning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Independent Türkçe nashri.
Mamlakatdagi demografik holat yaxshi emas, oilalarni himoyalashni kuchaytirish zarur. Oilalar bolalarining barcha xarajatlarini qoplay olmayotgani oqibatida tug‘ilish kamayib ketmoqda, dedi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakatda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarga qaram, qimor o‘yinlari va virtual stavkalarga mukkasidan ketgan yoshlar ko‘payib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter