Dubaydan uchib kelgan o‘zbekistonlik ayolda biologik o‘lim holati qayd etildi
Bugun, 8-oktyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986-yilda tug‘ilgan ayolning aeroportda sog‘lig‘i yomonlashib, Chilonzor tumanida joylashgan RShTYoIMga olib borilgan.
Biroq, tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan.
Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayol Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter