Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabrda bayramlar munosabati necha kun dam olamiz?

Dekabrda bayramlar munosabati necha kun dam olamiz?

Konstitutsiya kunida besh kunlik haftada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari uch kun ketma-ket dam oladi. Bunga joriy yilning 8 dekabri yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababdir. Dam olish kuni esa 9 dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Bu Prezident farmonida nazarda tutilgan.

Yangi yil munosabati bilan 30 va 31 dekabr, dushanba va seshanba sanalari dam olish kunlari bo‘ladi. Faqat 30 dekabrdagi dam olish hisobiga besh kunlik ishlaydiganlar uchun 14 dekabr, shanba ish kuni bo‘ladi.

2025 yil 1 yanvar dam olish kuni hisoblanadi. Yangi yil bayramlari qancha davom etishi prezidentning dam olish kunlari haqidagi yangi qarori qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun, hozircha uch kunlik uzluksiz dam olish haqida gapirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha dam olish kunlari va ularni ko‘chirishni belgilovchi hujjatda uzoq muddatli ta’tillar ichki turizmni rivojlantirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan. Bularning barchasi uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga kundalik xizmat ko‘rsatish yoki navbatchilikda ishlaydigan xodimlarga taalluqli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring