Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun: Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni

Bugun: Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni

foto: libsoub.ru

14 fevral o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, tarixchi, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin  Muhammad Bobur tavallud ayyomiga hamohang yana bir ajoyib kun bor. Bu butun dunyoda nishonlanadigan Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni. Bu kitoblarning ta’lim berish, ko‘ngil ochish va ilhomlantirish qudratini ko‘rsatadigan bayramdir.

Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni mutolaaga bo‘lgan mehr va kitobxonlikni oshirish maqsadida 2012-yil adabiyotga ishtiyoqmand shaxslarning ommaviy harakatlari sifatida boshlangan.  

Xo‘sh, ushbu kunda siz kitobxonlikni kuchaytirishga qanday hissa qo‘shishingiz mumkin?

Kitob sovg‘a qiling: o‘zingiz yoqtirgan yoki boshqa birovga yoqadi deb o‘ylagan kitobni tanlang. Bu yangi yoki yaxshi saqlangan kitob bo‘lishi mumkin. Agar xohlasangiz, samimiy dil so‘zlaringizni yozing, uni do‘stingizga, oila a’zongizga, hamkasbingizga yoki jamoangizdagi yoshlarga bering.

Kitoblarni xayriya qiling: Kitoblarni mahalliy kutubxonalarga, maktablarga, mehribonlik va muruvvat uylariga yoki jamoat markazlariga sovg‘a qilishni o‘ylab ko‘ring. Sizning hissangiz boshqalarning adabiyotga mehr qo‘yishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘ring: Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni haqida xeshteglardan foydalaning, ijtimoiy tarmoqlarda kitob sovg‘a qilish tajribangizni baham ko‘ring. Boshqalarni tashabbusga qo‘shilishga undang.

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan buyuk zotning hayoti haqidagi kitoblarni hadya qilish ham eng ajoyib va unutilmas sovg‘a hisoblanadi.

Shunday ekan, keling, 14 fevral kuni kitobsevarlar sifatida birlashaylik va kitobxonlik quvonchini baham ko‘raylik. Kitob sovg‘a qiling va adabiyotga muhabbatni yoying!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring