Bir haftada mingdan ortiq kishiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi – Adliya
Adliya tizimida e’lon qilingan «Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi» huquqiy aksiyasi doirasida bir hafta davomida 1250 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Huquqiy aksiya doirasida 165 nafar shaxslarning tug‘ilishi qayd qilinib, tug‘ilganlik haqida guvohnoma , 170 nafar shaxslarga esa ular qarindoshining o‘limi qayd qilinib, o‘lim haqida guvohnoma berildi.
Shuningdek:
- 464 nafar shaxslarga tug‘ilganlik va o‘lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;
- 48 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;
- 276 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi;
- 127 nafar shaxslarning ko‘chmas mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan muammolari bartaraf etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2777 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, «Mobile-ID» dan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko‘rsatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter