Adliya vazirligi matbuot kotibi yangi lavozimni egalladi
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva joriy yilning 1 avgust kunidan «Adolat» milliy huquqiy axborot markazining multimedia bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Multimedia bo‘limi faoliyati aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha ishonchli va ob’yektiv axborot manbasi, eng asosiysi fuqarolar bilan samarali har tomonlama aloqa o‘rnatish mexanizmidir.
Multimedia bo‘limi huquqiy mavzularda audio va videokontentlar tayyorlab kelmoqda. Xususan, bo‘lim tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Mahalla huquqshunosi», «Huquqshunos oshxonasi», «Iste’molchi advokati», «Suhbatdosh», «Tergovchi kundaligi» va boshqa bir qator loyihalar o‘z muxlislariga ega, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter