Bu yil OTMlarga oxirgi 6 yilda eng kam abituriyent hujjat topshirdi
Kecha, 25-iyun soat 23:59da abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. Bilimni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yigi imtihonlar uchun jami 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Shundan, 410 ming 334 nafari joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, qolgan 483 ming 945 nafari avvalgi yillar bitiruvchilari hisobalanadi.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti esa:
- erkaklar — 431 ming 806 nafar;
- ayollar — 462 ming 473 nafar.
Ta’lim sohasi yangiliklarini yoritib boruvchi huquqshunos-bloger X.Xudoyberdiyevning e’tibor qaratishicha, oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soni bilan taqqoslansa, joriy yilda OTMlarga eng kam hujjat topshirilgan.
«O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 milliondan oshayotgan edi», – deb yozadi bloger.
Oxirgi olti yillikning raqamlarida eng ko‘p abituriyent 2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan – 1 mln 484 ming 85 nafar. Eng kami esa, bu yilgisidan tashqari, 2021-yilda – 948 ming 21 nafar.
O‘z navbatida, Bilimni baholash agentligi adituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun qilinadigan to‘lovning oxirgi muddati 26-iyun soat 23:59 ga qadar ekanini eslatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter