Bektemir Meliqo‘ziyev jarohatga qaramasdan g‘alaba qozondi
Prof boksning supero‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev fransiyalik yengilmas bokschi Per Hubert Dibombega qarshi jang qildi.
Jang 7-raunddan keyin to‘xtatildi. Boisi doktor Bektemirning qoshidagi jarohat sabab jangni davom ettirishga ruxsat bermadi. Jang avvalida ikka sportchining to‘qnashuvi oqibatida qoshlar yorilgandi.
Qoidaga ko‘ra, 7 raund bo‘yicha ochkolar hisoblab chiqildi va yakunda hakamlar 79-73, 79-73, 78-74 hisobida Bektemir Meliqo‘ziyevning g‘alabasini qayd etdi.
Bu g‘alaba orqali Meliqo‘ziyev o‘zining WBA Intercontinental kamarini saqlab qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter