Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil yo‘llari boshqarmasi amaldorlari katta mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil yo‘llari boshqarmasi amaldorlari katta mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Xorazmda avtomobil yo‘llari boshqarmasi amaldorlari katta pulni talon-toroj qilgani aniqlandi. Shuningdek, yangiyo‘llik rasmiylar ham soxta ma’lumotlar orqali katta mablag‘ni o‘zlashtirgan. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar Urganch shahridagi temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali jami 549,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yangiyo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va «T.F.» MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, Qirariq ko‘chasidagi 592 metr yo‘l asfalt qilingan bo‘lsa-da, 26.10.2023 yilda ushbu ko‘chani asfalt qilish bo‘yicha «Shaffof» platformasiga qo‘yib, tanlovda «T.F.» MChJ g‘olib bo‘lgach MChJ rahbari F.T.bilan kelishib rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 239,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring