AQShda taniqli reper qamoqdan ozod etildi
Amerikalik reper va «Gremmi» mukofoti sovrindori Young Thug adliya tizimi bilan kelishuvga erishganidan so‘ng qamoqdan ozod qilindi. U ko‘cha jinoiy guruhida ishtirok etish, giyohvand moddalar va qurol saqlashda aybini qisman tan oldi.
Haqiqiy ismi Jeffri Lamar Uilyams bo‘lgan 33 yoshli reper ko‘cha zo‘ravonligida ayblanib, hibsga olinganidan beri 900 kundan ko‘proq vaqtni panjara ortida o‘tkazdi. Bu Jorjiya shtati tarixidagi eng uzoq davom etgan jinoiy sud edi.
2022 yil may oyida prokurorlar u asos solgan YSL studiyasi shtat poytaxti Atlantadagi uyushgan jinoiy guruh uchun boshpana ekanligini aytishgandi.
— Jinoyatlarim uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Bu vaziyatda jabrlangan har bir kishiga aytmoqchiman: «Kechiring», — dedi u sudda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter