Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jerar Deparde ustidan sud jarayoni boshlandi

Jerar Deparde ustidan sud jarayoni boshlandi

28-oktyabr, dushanba kuni Parijda ikki ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanayotgan fransuz aktyori Jerar Deparde ustidan sud boshlandi.

Aktyor 2020-yildan beri turli epizodlar bo‘yicha jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib tergov berib keladi.

Yangi «ish»ga ko‘ra, 76 yoshli aktyorga 2014 va 2021 yillarda film suratga olish maydonchasida ikki ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilgani ayblovi qo‘yilgan. 

Deparde har ikkala ayblovni ham rad etgan.

Aktyorning o‘zi sog‘lig‘i sababli sudda ishtirok etmaydi.

Sud qachon qaror qabul qilishi noma’lum. Agar Deparde aybdor deb topilsa, unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring