«ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI» aksiyadorlari diqqatiga!

Sizni, 2025-yil 4-aprel kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida shu jumladan masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz platformasi orqali bo‘lib o‘tadigan “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2025-yil 4-aprel soat 9:00da boshlanib, 10:00da to‘xtatiladi.
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish sanasi: 2025-yil 12-mart;
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reyestri sanasi: 2025-yil 31-mart.
YIG‘ILISh KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR:
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
- Jamiyat aksiyalarini maydalash va yangi aksiyalarni chiqarish shartlarini belgilash.
- Jamiyatning e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
- Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
- “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” aksiyadorlik jamiyati Ijroiya organi, Kuzatuv kengashi a’zolarini va mehnat jamoasini moddiy rag‘batlantirish Tartibining yangi tahririni tasdiqlash.
- Jamiyatning 2025-yil 1-chorak hamda 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini milliy va xalqaro standartlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan Kompaniyaning www.alskom.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki Toshkent shahri, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manziliga yoki info@alskom.uz elektron manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (71) 201-11-00.
«ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI» AJ
Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter