88 yoshli Sofi Loren uzoq tanaffusdan so‘ng ko‘rinish berdi
Kino afsonasi Sofi Loren uzoq tanaffusdan so‘ng jamoatga ko‘rinish berdi — Milanda o‘z nomi bilan ataluvchi restoranlar tarmog‘ining ochilishida qatnashdi.
Sofi Loren 88 yoshda, 1934-yilda tavallud topgan. Neapol yaqinidagi yoshligi o‘tgan shaharchada 14 yoshida go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqan, keyinchalik Italiya go‘zali tanlovidagi ishtiroki uning hayotini o‘zgartirib yuborgan.
Bo‘lg‘usi yulduzning porlashida prodyuseri — Karlo Pontining xizmatlari beqiyos. 1966-yilda ular turmush qurishgan.
1950-yilda Sofi Loren ilk filmi — «Ovoz»da suratga tushdi. Keyin 20 ga yaqin filmlarga chaqirildi. Faqat 1954-yilga kelib, Vittorio de Sikaning «Neapol oltini» kinoasari Sofi Lorenni katta kinoga olib kirdi. Keyinchalik bu rejissyorning bir nechta filmlarida suratga tushdi.
Sofi Loren — ko‘plab kinomukofotlar sohibasi. 1991-yilda unga faxriy «Oskar» topshirilgan. Aktrisaning eng mashhur filmlari — «Qora orxideya», «Kungaboqarlar», «Kecha, bugun, ertaga», «Qarag‘aylar ostidagi muhabbat».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter