Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4 dollarga xarid qilingan xumcha bebaho boylik bo‘lib chiqdi

4 dollarga xarid qilingan xumcha bebaho boylik bo‘lib chiqdi

Vashingtonlik Anna Li Doziyer arzon-garovga xarid qilgan xumcha qadimgi mayyalar yasagan osoriatiqa bo‘lib chiqdi.

Doziyer xumchani 2019-yilda mahalliy do‘kondan 3,99 dollar sotib olgandi. Meksikada ishlagan paytlarini eslatgani va ko‘rinishi yoqqani uchun buyumni xarid qilgandi.

Oradan besh yil o‘tib, Mexikodagi antropologiya milliy muzeyiga borganida, bu yerdagi ayrim buyumlar o‘zining xumchasiga juda o‘xshashini ko‘rib hayron qoldi. Shu yerdagi mutaxassisdan so‘rab-surishtirgach, shubhalari to‘g‘ri chiqdi.

Meksikaning Vashingtondagi elchixonasi xumchaning daragini eshitib, uni qaytarishni so‘raganida Doziyer taklifni bajonidil qabul qildi.

Meksikaning AQShdagi elchisi Esteban Moktesuma Barragan xumchani «mayyalar davrining bebaho dalili» deya ta’riflab, saxovati uchun Doziyerga minnatdorlik bildirdi.

Taxminlarga ko‘ra, amerikalik ayol 4 dollarga sotib olgan xumchaning kelib chiqishi Meksika janubi-sharqiga borib taqaladi va mayyalar tamaddunining klassik davri — miloddan avvalgi 1800–1200-yillarda yasalgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring