2024-yilning eng qimmat texnobrendlari aniqlandi
Apple korporatsiyasi 2024-yilda texnologiya kompaniyalari eng qimmat brendlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Brand Finance xalqaro konsalting tashkiloti taqdim etgan hisobotdan so‘ng bu ma’lum bo‘ldi.
Apple brendi qiymati 2023-yildan buyon 74 foizga o‘sib, $516,6 mlrd.ga yetdi.
Reytingda Microsoft brendi ikkinchi pog‘onadan joy oldi — $340,4 mlrd (78 foizlik o‘sish).
Uchinchi — Google ($333,4 mlrd), to‘rtinchi — Amazon ($308,9 mlrd).
Bir yilda qiymati eng ko‘p o‘sgan (163 foiz) Nvidia kompaniyasi 19-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi — $44,5 mlrd.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter