O‘zbekiston banklarining yangilangan reytingi e’lon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston banklarining 2024-yilning uchinchi choragidagi yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi 17 ta yirik banklar orasida to‘rttasi o‘z o‘rinlarini saqlab qola olmadi, uchta bank esa o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi. Shu bilan birga, 10 ta bank o‘z pog‘onplarini o‘zgarishsiz saqlab qolishdi, bu esa bank sektorda raqobatning kuchayganligini ko‘rsatadi.
Yirik banklar reytingida Top 6 banklar Kapital bank, Trast bank, Aziya Alyans bank, Hamkor bank, Ipak yo‘li bank, Oriyent finans bank o‘z o‘rinlarini saqlab qoldi.
«Mikrokreditbank» joriy chorakda eng yaxshi natijani ko‘rsatib, o‘z pozitsiyasini birdaniga ikki pog‘onaga yaxshiladi va reytingda 11-o‘rinni egalladi.
O‘zsanoatqurilish bank moliyaviy ommaboplik bo‘yicha va aktivlar sifati bo‘yicha 1 pog‘onaga, likvidlilik bo‘yicha birdaniga 3 pog‘onaga ko‘tarilganligi sababli umumiy reytingda o‘z o‘rnini 1 pog‘onaga yaxshilagan.
Davlat ulushi mavjud yirik banklardan Xalq banki umumiy reytingda 1 pog‘onaga ko‘tarilishiga moliyaviy ommaboplik va likvidlilik bo‘yicha 1 pog‘onaga, boshqaruv samaradorligi bo‘yicha 2 pog‘onaga yuqorilashishi turtki bergan.
O‘zmilliybankning umumiy reytingda 1 pog‘onaga tushib ketishi 2 ta asosiy ko‘rsatkichlarda: boshqaruv samaradorligi - 2 pog‘onaga va likvidlilik bo‘yicha - 1 pog‘onaga pasaygani bilan izohlanadi.
Shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki moliyaviy vositachilik ko‘rsatkichi bo‘yicha 4 pog‘onaga pastlashi uning umumiy reytingdagi o‘rnini 1 pog‘onaga pasaytirgan.
Shu bilan birga, davlat ulushi mavjud banklardan Agrobankning yirik banklar umumiy reytingda 1 pog‘onaga tushishiga 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha: moliyaviy ommaboplik, kapital yetarliligi, likvidlilik bo‘yicha 1 pog‘onaga pastlagani bilan izohlanadi.
Reytingning moliyaviy vositachilik (bank depozitlarining kreditlarga nisbati, boshqa bank va davlat oldidagi majburiyatlari) ko‘rsatkichi bo‘yicha Mikrokreditbank 2 pog‘onaga va Biznesni rivojlantirish bank 4 pog‘onaga pastlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter