Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 mamlakatga BRIKS sherik-davlatlari maqomi berildi (ro‘yxat)

13 mamlakatga BRIKS sherik-davlatlari maqomi berildi (ro‘yxat)

Foto: Reuters

Qozon shahrida 22–24-oktyabr kunlari o‘tgan BRIKS sammiti yakunlari bo‘yicha 13 mamlakatga BRIKS sherik-davlatlari maqomi berildi.

Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

BRIKS sherik-davlatlari (13):

  1. Belarus
  2. Boliviya
  3. Vetnam
  4. Jazoir
  5. Indoneziya
  6. Kuba
  7. Malayziya
  8. Nigeriya
  9. Tailand
  10. Turkiya
  11. Uganda
  12. O‘zbekiston
  13. Qozog‘iston

Sammitning so‘nggi kunida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari «autrich» formatidagi davra suhbatida qatnashdi. Sammitning yakuniy majlisida G‘azodagi urush masalalari, Rossiyaning chegara yaqinidagi aholi maskanlaridagi vaziyat hamda Trukiyadagi terakt muhokama qilingan.


Ma’lumot uchun: BRIKS (ingl. BRICSBrazil, Russia, India, China, South Africa qisqartmasi) — to‘qqiz mamlakat a’zo tashkilot: Braziliya, Rossiya, Hindiston, XXR, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr, Efiopiya. Tashkilot (BRIK, BRIC)ga 2006-yil iyunida Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida asos solingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring