Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10 oyda quyosh panellaridan davlatga elektr sotganlarga 10,5 mlrd so‘m to‘lab berilgan

10 oyda quyosh panellaridan davlatga elektr sotganlarga 10,5 mlrd so‘m to‘lab berilgan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln so‘m ( 10 million 563 ming 890 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyati (2,4 mlrd so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,7 mlrd so‘m) va Toshkent shahri (1,4 mlrd so‘m)ga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining  «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring