Buxoroda bog‘cha bolasi tok urishi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda viloyatidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining birida bir yarim yoshli tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur xabarni tasdiqlab, ayni paytda holat nazoratga olingani va tezkor o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotda joriy yilning 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan YaTT Xolboyeva O‘lmas Uzoq qizi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh.ning vafot etganligi aniqlandi.
«IIB tomonidan bolaning o‘lim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter