Yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Jumladan, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2024-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi «Yosh tadbirkor» tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi:
- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida «mahalla – tuman – viloyat – respublika» bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi. Bunda, nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi;
- respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi;
- g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Prezident farmonining to‘liq matni bilan ushbu havola oqrali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter