Prezident farmoni: Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi
«Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Kambag‘allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to‘plangan milliy tajriba hamda ilg‘or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi «Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat» tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
- ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish;
- kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
- ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
- yashash sharoitlarini yaxshilash;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter