Toshkentda «dom» liftlarini tarmoqqa noqonuniy ulagan shirkat aniqlandi
Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent shahar hududiy boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan «I.S.T. » MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln so‘mni tashkil etgan.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter