Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 6 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi «qiz bolacha» kiyintirib raqsga tushishga majburlangan

Toshkentda 6 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi «qiz bolacha» kiyintirib raqsga tushishga majburlangan

Bolalar ombudsmani kelib tushgan murojaat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborgan va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi Mirobod tumani MTT xodimasi ishdan olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi I.K. (erkak) o‘z murojaatida voyaga yetmagan o‘g‘li Ya.K. (2016-yilda tug‘ilgan) Toshkent shahridagi Mirobod tumani MTT tarbiyalanuvchisi ekanligini, 2022 yilda tarbiyachi o‘g‘liga qizlar kiyimini kiydirib, lab va yuzlarini bo‘yab, ayollar raqsini ijro ettirgani, bu bilan o‘g‘lining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgani, bunday sahna ko‘rinishlari haqida uni ota sifatida ogohlantirmay, ruxsatini olishmagani, bu voqeadan «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali unga kelgan foto va video tasvirlardan xabar topganligini bildirib, bolasining buzilgan huquqlari tiklanishida yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Ya.K. qatnashgan tadbirda sahna ko‘rinishini tashkilashtirgan tarbiyachi X.Q. ekanligi va bolaga oid bu sahna xususiyatlari yuzasidan otadan ruxsat olmagani aniqlanib, tarbiyachiga nisbatan Mehnat Kodeksining 157-moddasi (Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring