Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet: mart oyi sovuq yomg‘irli havo bilan boshlanadi

O‘zgidromet: mart oyi sovuq yomg‘irli havo bilan boshlanadi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 1-mart – shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

2-mart – yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yog‘ingarchilik bo‘ladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Hududning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi, ammo hali ham me’yoriy qiymatlardan past bo‘ladi.

Respublikaning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati asta-sekin pasayadi va Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida yakshanba kuni kechasi 7-12 daraja sovuqni, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqni, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 fevral va 2 mart kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Toshkentda 28-fevral va 2-martda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat 2-mart kuni kechqurun yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, shamol tezligi  10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-fevralda 6-8 daraja iliq, 1-2 martda 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring