O‘tgan yili mast holda avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 32 mingdan ortiq ish ko‘rilgan

Oliy sud 2024-yilda yilda mast holda avtomobil boshqarish bilan bog‘liq ko‘rilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yil davomida transport vositalarini mast holda boshqarish (MjTKning 131-moddasi) hamda transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi (MJtKning 136-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha 32 999 nafar shaxsga nisbatan 32 723 ta ish ko‘rib tamomlangan.
Shundan 31 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish va ma’muriy qamoqqa olish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter