Mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chipta narxi ham qimmatlaydi
2025-yil 1-fevraldan boshlab mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chipta narxining tarif qismi 10,5 foizga oshirmoqda.
Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Kompaniya axborot xizmatiga ko‘ra, bu «yo‘lovchi tashish sohada moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, shu bilan birga respublikadagi inflyasiya darajasi» bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter